O‘zbekistonda 2021 yil 20 ta xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

Sport

image

O‘zbekistonda 2021 yil 20 ta xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“O‘zbekiston milliy terma jamoalari sportchilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga jami 110 ta lizensiya qo‘lga kiritish rejalashtirilmoqda. Sport federatsiyalari uyushmalariga shtat jadvallariga birinchi marta 18 ta shifokor, 18 ta diyetolog, 17 ta massajchi va 16 ta psixolog kiritildi. Har bir tumanda 6 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi”, deydi Rustam Shoabdurahmonov.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda 13 ta davlatdan 17 ta sport turi bo‘yicha 23 nafar professional murabbiy va mutaxassis taklif etiladi. Qo‘mita raisi bo‘lajak sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlariga ham to‘xtalib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing