Erondan Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topildi

    Bilasizmi? 9 Aprel 2023 5168

    Amir Temurning bizga ma'lum bo'lgan qilichi bugungi kunda Erondagi Tehron milliy muzeyida saqlanmoqda.

    So'nggi yillarda eronlik olimlar tomonidan nashr qilingan kitob-al`bomlarda eron muzeylarida Amir Temurga tegishli bir emas, naq 3 ta qilich borligi ma'lum bo'ldi.

    Sohibqironga tegishli qilichlardan biri Tehron milliy muzeyida bo'lsa, qolgan ikkitasi shahardagi Sa'dobod saroy-majmuasi hududidagi Harbiy muzeyda saqlanayotgani aniqlangan.